Sunʼiy intellekt texnologiyalarining keskin rivojlanishi Google asoschisi Sergey Brinni “nafaqa”dan qaytishga majbur qildi va kompaniyadagi faol ishiga qaytdi. Bu hafta u xodimlariga murojaat qilib, raqobat kuchayganini eslatdi va jamoada ishlashni davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, deb xabar qilmoqda The Verge.

Image credit: Interesnyefakty.org

Yirik o‘yinchilar poyganing yakuniy bosqichiga kirishdi, unda birinchi kuchli sunʼiy intellekt (AGI) yaratuvchisi g‘olib chiqadi, deydi Brin. Buning uchun Google dasturchilari tezroq ishlashlari, oddiy yechimlarga ustuvorlik berishlari, vaqtni behuda sarflamasliklari va aslida ishonchli hisoblangan foydalanuvchilarga ortiqcha eʼtibor qaratishni to‘xtatishlari lozim. Xizmat xati Google DeepMind bo‘limi xodimlariga yo‘naltirilgan, ammo u sunʼiy intellekt sohasining nozik tomonlarini aniq aks ettiradi. Quyida murojaatning to‘liq matnini keltiramiz:

“Gemini va GDM (Google DeepMind) dasturi ikki yoshga to‘ldi. Bu vaqt ichida biz faxrlanishga arziydigan uzoq yo‘lni bosib o‘tdik va ko‘p saʼy-harakatlar qildik. Shu bilan birga, raqobat nihoyatda kuchayib, kuchli sunʼiy intellekt uchun so‘nggi poyga boshlandi. Bizda bu poygada g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlar bor, deb o‘ylayman, ammo buning uchun bor kuchimizni sarflashimiz kerak.

Eng muhimi, kod – kuchli sunʼiy intellekt o‘zini o‘zi takomillashtira boshlaganida yuksaladi. Ehtimol, dastlab sezilarli darajada inson yordami talab etiladi, shuning uchun eng muhimi – kod unumdorligi. Bundan tashqari, bu biz yozgan kodga ham taalluqli. Biz o‘z sunʼiy intellektimizdan foydalanib, dunyodagi eng samarali sunʼiy intellekt dasturchilari va tadqiqotchilari bo‘lishimiz kerak.

Ish unumdorligi – tajribamga ko‘ra, haftasiga 60 soat – ish surʼati uchun maqbul meʼyor. Baʼzilar ko‘proq ishlaydi, lekin shu bilan birga charchashi yoki ijodiy yondashuvni yo‘qotishi mumkin. Baʼzilar 60 soatdan kamroq ishlaydi, lekin shunchaki vaziyatdan chiqish uchun eng kam ishlaydigan xodimlar ham bor. Bunday odamlar nafaqat samarasiz, balki butun jamoa intizomiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Ish joyi – ofisda ishlash muhim, chunki shaxsan hozir bo‘lish virtual muloqotdan ko‘ra ancha samarali. Biz xuddi shu vazifalar ustida ishlaydigan hamkasblarimiz bilan yonma-yon bo‘lishimiz kerak. Mamlakatlar, shaharlar va ofis binolari o‘rtasidagi bo‘ysunish darajalari (subordinatsiya) sonini kamaytirishimiz lozim. Hech bo‘lmaganda har ish kuni ofisda bo‘lishni tavsiya etaman.

Tashkilot – bizga aniq masʼuliyat tamoyillari va yuqori samarali bo‘limlar, umumiy boshqaruv va texnologik yetakchilikka ega tuzilma zarur.

Soddalik – iloji boricha oddiy yechimlardan foydalanaylik. Masalan, agar so‘rovlar ishlasa, ular shundayligicha qolsin – alohida modelni o‘qitishning hojati yo‘q. Ortiqcha texnik murakkabliklar (LoRA kabi) kerak emas. Ideal holda, bizda turli maqsadlar uchun so‘rov yuborish mumkin bo‘lgan yagona arxitektura va model bo‘lishi kerak.

Sifat – bu baholash, maʼlumotlar manbai, boshqaruv paneli yoki ichki interfeysdagi xabar bo‘lishidan qatʼi nazar, ularning yuqori darajada ishlashi va bajarilishini taʼminlang.

Tezlik – mahsulotlarimiz, modellarimiz va ichki vositalarimiz tez ishlashi shart. Python tilida kichik kodni ishga tushirish uchun Borg‘ni 20 daqiqa kutolmayman.

Kichik miqyosdagi takrorlanishlar – bizga tezda sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘plab g‘oyalar kerak. Buni amalga oshirishning eng yaxshi usuli tajribalarni kichik miqyosda o‘tkazish, keyin esa, agar ular muvaffaqiyatli bo‘lsa, ularni kengaytirishdir. Bu tekshirishning ajoyib usuli. Agar birdaniga katta miqyosda ish olib borilsa, arzimas o‘zgartirishlar bilan cheklanish, baholash ko‘rsatkichlariga moslashish, nazorat nuqtalariga yetishga intilish kabi tendensiyalar paydo bo‘ladi. Keng miqyosda bizga haqiqiy g‘alabalar kerak.

Masʼuliyatni boshqalarga yuklashni bas qiling – qo‘lbola mahsulotlar yaratmang. Mahsulotlarimiz filtrlar va turli xil murosalar bilan to‘lib-toshgan. Bizga ishlaydigan yechimlar kerak va foydalanuvchilarimizga ishonishimiz lozim”.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan