Surrey va Gamburg universitetlari olimlari ijtimoiy robotlarni inson ishtirokisiz sinash va o‘rgatish imkonini beruvchi innovatsion simulyatsiya usulini ishlab chiqdilar.

Image credit: t.me/openai_fan

Bu yondashuvning asosida turli ijtimoiy vaziyatlarda inson nigohi qayerga yo‘nalishini taqlid qiluvchi nigoh harakatini bashorat qilish modeli yotadi.

Modelni tekshirish uchun 2 ta ommaviy maʼlumotlar to‘plamidan foydalanildi va natijalar shuni ko‘rsatdiki, robot insonnikiga o‘xshash ko‘z harakatlarini takrorlay oladi!

Bu shuni anglatadiki, mashina xonadagi voqealarni “kuzatishi” va eʼtiborini muhim jihatlarga qarata oladi.

Tadqiqot hammuallifi doktor Di Fu shunday deydi: “Bizning usulimiz robotning xuddi insondek kerakli narsalarga eʼtibor qaratishini real vaqtda inson kuzatuvisiz tekshirish imkonini beradi”.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan