Syurix universiteti va Google DeepMind tadqiqotchilari sun’iy intellekt (SI) boshqaruvidagi dronlar eng malakali uchuvchilardan ham ustun ekanini amalda isbotladi.
Tadqiqot doirasida FPV-dronlarni boshqarish bo‘yicha SI tizimi Shveysariyaning besh karra chempioni va jahon reytingida 4-o‘rinni egallab turgan Marvin Shepper bilan bellashdi. Natijalar sun’iy intellektning yaqqol ustunligini ko‘rsatdi:
-
Tezlik: SI eng yaxshi aylanani insonga qaraganda 19,6 foizga, umumiy masofani esa 6,5 foizga tezroq bosib o‘tdi.
-
Xavfsizlik: SI insonga nisbatan 5 baravar kamroq xatoga (to‘qnashuvlarga) yo‘l qo‘ydi.
Ushbu tadqiqot kelajakdagi harbiy harakatlar uchun muhim ahamiyatga ega. U odamlar o‘zlarining jismoniy va psixologik cheklovlari tufayli jang maydonida SI bilan raqobatlasha olmasligini ko‘rsatdi.
Xususan, musobaqa davomida sun’iy intellektdan ortda qolayotgan uchuvchi vaziyatni o‘nglash maqsadida tavakkal va tajovuzkor manyovrlar qilgan. Bu esa qo‘shimcha xatolarga va boshqaruvni yo‘qotishga olib kelgan.
Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, SI qisqa masofali va yuqori tezlikdagi harakatlarda insondan to‘liq ustunlikka erishgan. Biroq yangi sharoitlarga moslashish va uzoq muddatli janglardagi barqarorlik bo‘yicha tizim hali yanada takomillashtirilishi talab etiladi.