Kutilmagan hodisa: Anthropic‘ning yangi sunʼiy intellekti o‘zini sinovdan o‘tkazishayotganini angladi
Anthropic kompaniyasi o‘zining Claude Sonnet 4.5 nomli yangi sunʼiy intellekt (SI) modelini sinovdan o‘tkazayotganda kutilmagan hodisaga duch keldi. Model o‘zining test qilinayotganini anglab yetib, bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadqiqotchilarga maʼlum qildi.