Rossiyada sunʼiy intellekt (SI) va neyron tarmoqlardan foydalanish mehnat bozorining ajralmas qismiga aylanmoqda. TASS tadqiqotiga ko‘ra, bugungi kunda har to‘rtinchi xodim o‘z ishida neyron tarmoqlardan foydalanadi, ish beruvchilarning 60 foizi esa xodimlardan SI bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarni talab qilmoqda.

So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatadiki, ish beruvchilar uchun eng muhim ko‘nikmalar — ChatGPT, GigaChat, DeepSeek kabi xizmatlar yordamida maʼlumot va g‘oyalarni tezkor izlashdir. Shuningdek, maʼlumotlarni tahlil qilish, so‘rovlarni aniq shakllantirish (optimallashtirish) va vizual kontent yaratish qobiliyatlari ham yuqori baholanmoqda.
Bundan tashqari, har to‘rtinchi tashkilot (23%) o‘z mutaxassislaridan neyron tarmoqlar orqali dasturiy kod yozishni va reklama kampaniyalarini avtomatlashtirishni kutmoqda. Ish beruvchilarning 24 foizi yaqin kelajakda xodimlar va ishga nomzodlarning SIdan foydalanish malakasini baholash tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, sunʼiy intellektdan samarali foydalanish ayrim kasblar uchun allaqachon jiddiy ustunlikka aylangan va yaqin 2-3 yil ichida barcha sohalar uchun asosiy malakalardan biri bo‘lishi prognoz qilinmoqda.