Ushbu robot inson bilan oson til topisha olish (intuitiv muloqot) qobiliyati, o‘ta epchil qo‘llari (mayda vintlarni ushlash va ekranlarni boshqarish imkoni) hamda real sharoitlarda o‘qitilgan sun’iy intellekt yordamida boshqarilishi bilan ajralib turadi.

Robot materiallarni yig‘ish, tashish, saralash va joylashtirish, dastgohlarga xomashyo yuklash va ularni bo‘shatish, turli asbob-uskunalardan foydalanish hamda yuqori aniqlik talab etuvchi operatsiyalarni bajara oladi.
Sanoat robototexnikasi korxonalarida gumanoid robotlarning paydo bo‘lishi — tabiiy evolyutsion jarayondir. Ular an’anaviy robot qo‘llari va sanoat robotlari yetib borolmaydigan yoki bajara olmaydigan vazifalarga mo‘ljallangan bo‘lib, bu ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va biznes jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Agile Oneni ishlab chiqarish 2026-yil boshida Germaniyada yo‘lga qo‘yiladi. Shundan so‘ng, sun’iy intellekt modeli imkoniyatlarini yanada boyitish maqsadida robotlar mijozlarning o‘z korxonalarida (ish joyida) sinovdan o‘tkaziladi va o‘qitiladi.
Mutaxassislarning fikricha, tez orada Yevropani avtomatlashtirishning ikkinchi to‘lqini qamrab oladi va uning asosiy harakatlantiruvchi kuchi aqlli texnologiyalar bo‘ladi.