2014 yildan beri fiziklarni sarson qilib kelgan matematik gipoteza ikki nazariyotchi fizik va sunʼiy intellekt tizimining kutilmagan hamkorligi tufayli isbotlandi. “Journal of Statistical Mechanics” jurnalida chop etilgan maqolada Anthropic kompaniyasining Claude modeli bir necha soat sarflab, isbotning asosiy g‘oyasini topishga qanday yordam bergani tasvirlanadi.

Murakkab tizimlar fizikasida “djemming” (jamming – tiqilish, taqqa-taq to‘xtash) deb ataluvchi hodisa mavjud. U sochiluvchan yoki suyuq jismlarning qanday qilib to‘satdan qotib, ayni paytda tartibsiz (amorf) holatda qolishini tushuntiradi. 2014 yilda Nobel mukofoti laureati Jorjo Parizi va uning hamkasbi Franchesko Zamponi hayratlanarli bir qonuniyatni payqashdi: modelning va parametrlari sonli hisob-kitoblarda har doim birga (1 ga) teng yig‘indini hosil qilgan. Ammo buning sababi o‘n yil davomida jumboq bo‘lib qoldi.
Parizi va Zamponi, shuningdek, ulardan mustaqil ravishda fransuz fizigi Matyo Viyar bu qonuniyatni tushuntiruvchi o‘z gipotezalarini taklif qildi. Ikkala yondashuv ham qandaydir umumiy fizikaviy qonunlarga ishora qilardi, ammo ular o‘rtasidagi matematik bog‘liqlik noaniqligicha qolayotgandi. Sonli simulyatsiyalar qatʼiy ravishda ekanligini ko‘rsatsa-da, buning tahliliy isboti yo‘q edi.
Fiziklar Anthropic kompaniyasining Claude modelini yordamchi vosita sifatida tanlab, neyrotarmoqdan dastlab eski hisob-kitoblarni takrorlashni so‘radi. Sunʼiy intellekt bu vazifani uddalagach, unga “Nima uchun ekanligini isbotlash” topshirildi. Claude deyarli bir zumda ishchi gipotezani taqdim etdi.
EurekAlert nashri yozishicha, isbotning birinchi versiyasida xatolar bo‘lgan. Bir necha bosqich tekshiruv va tuzatishlar talab etildi, ammo to‘g‘ri yo‘nalish topilgan edi. Aynan shu yerda olimlarni “katta sovg‘a” kutardi: ular o‘n yillar davomida tenglamalarning chuqur matematik maʼnosini, yangi bir simmetriyasini yoki yashirin tuzilishini izlashgan edi. Claude esa buning o‘rniga isbot shundoqqina yuzada yotganini ko‘rsatib berdi.
“Javob ko‘z o‘ngimizda turgan ekan, – deya tan oladi Zamponi, – ammo biz uni shunchaki ko‘rmaganmiz”.
Yechimning mohiyati shundaki, Claude va parametrlari qandaydir chuqur yashirin simmetriya bilan bog‘liq emasligini, balki “djemming” modelida bir xil kattalikni hisoblashning shunchaki ikki xil usuli ekanini payqadi. Parizi-Zamponi nazariyasining aslida bu kattalik, qo‘pol qilib aytganda, tizimning oquvchan holatdan qotishga o‘tishidagi “ortiqcha qattiqligini” tavsiflaydi. Viyar formalizmida esa ayni shu fizik xarakteristika boshqa o‘zgaruvchilar orqali ifodalangan edi. Claude taklif etgan g‘oya, tavsiflarga ko‘ra, shundan iborat ediki, u ikkala nazariyaning formulalarini umumiy o‘zgaruvchilar to‘plamida qayta yozib, bir maktab deb atagan hissa boshqa yozuvda shunchaki ga aylanishini ko‘rsatdi. Shunday qilib, avtomatik ravishda 1 ga teng bo‘ladi – bu tabiatning yangi bir qonunidan emas, balki tanlangan normallashtirishdan kelib chiqadigan ayniyatdir.
Boshqacha aytganda, Claude tizimning bir xil qattiqlik oralig‘ini o‘lchaydigan ikki raqobatchi “chizg‘ich” uni shunchaki ikki xil chekkasidan belgilaganini, shu sababli “ulushlar” yig‘indisi har doim butun sonni berishini va u yerda hech qanday yashirin tuzilma yo‘qligini amalda isbotladi.
Aftidan, ilmiy tadqiqotlarda paradigma o‘zgarishi yuz bermoqda. Eng murakkab vazifalarni hal qilish va ulkan hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish ko‘pincha insonning kognitiv cheklanishlari tufayli imkonsiz bo‘lib qoladi va bunda neyrotarmoqlar yordamga kelmoqda. Olimlarning o‘zlari taʼkidlaganidek, agar Claude bo‘lmaganida, bu jumboq o‘z yechimini yana ko‘p yillar kutishi mumkin edi.
Shuningdek, yaqinda xitoylik tadqiqotchilar guruhi ham murakkab matematik masalalarni inson aralashuvisiz mustaqil ravishda hal qila oladigan sunʼiy intellekt tizimini ishlab chiqdi. Neyrotarmoq ilk bor 2014 yilda amerikalik matematik Den Anderson tomonidan ilgari surilgan ochiq algebraik gipotezani atigi 80 soat ichida yechib berdi.