Tesla investori Mario Naufal tomonidan eʼlon qilingan yangi videoda Tesla Optimus uy ishlarini osonlik bilan uddalay olishi ko‘rsatilgan. Odamsimon robot chiqindilarni olib chiqadi, supuradi, idish-tovoqlarni yuvadi, ovqat pishiradi va kiyimlarni dazmollaydi – bularning barchasini mustaqil ravishda bajaradi. Bundan natijaga insonlar harakatlarini aks ettiruvchi videolar asosida o‘rgatilgan yagona neyron tarmog‘i orqali erishilgan.

Image credit: vnexpress.net

Qisqa videoda robot shkafni ochib, qog‘oz sochiqlarni oladi, polni supuradi, idish-tovoqlarni yuvadi, plita oldida qandaydir taom tayyorlaydi va kiyimlarni dazmollaydi – bularning barchasini avtonom tarzda amalga oshiradi.

Bu harakatlar ortida odamlar ishtirokidagi videolarda o‘rgatilgan yagona neyron tarmoq turibdi. Bunday yondashuv robot ko‘nikmalarining rivojlanishini sezilarli darajada tezlashtirdi: endi har bir harakatni qo‘lda dasturlash shart emas.

Tesla rahbari Ilon Maskning fikricha, yaqin kelajakda Optimus robotlari har bir uyda bo‘ladi hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida ko‘plab ish o‘rinlarini egallaydi.

O‘tgan yili Mask Tesla Optimus‘ning ommaviy ishlab chiqarilishi 2026 yilda boshlanishini aytgan edi. Yaqinda milliarder magnitlar yetishmasligi sababli odamsimon robotlarni ishlab chiqarish kechikayotganini maʼlum qildi. Bu Xitoyning nodir yer elementlari eksportiga qo‘ygan cheklovlari oqibatidir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan