Olimlar ilk bor sunʼiy intellekt yordamida bakteriyalarni yo‘q qiluvchi viruslar yaratdi
Olimlar guruhi sunʼiy intellektdan foydalanib, zararli bakteriyalarni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan yangi viruslar — bakteriofaglarni muvaffaqiyatli ishlab chiqdi. Bu haqda “Nature” jurnalida chop etilgan tadqiqotga tayanib, “Semafor” nashri xabar berdi.