Mashhur ChatGPT sunʼiy intellekt botini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi onlayn qidiruv sohasida Google bilan raqobatlashishni davom ettirmoqda. Shunday bo‘lsa-da, manbalarning xabar berishicha, kompaniya o‘z chat-botini o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash uchun Google qidiruv tizimi maʼlumotlaridan foydalanmoqda.

Image credit: petapixel.com

Maʼlum bo‘lishicha, OpenAI Texas shtatining Ostin shahrida joylashgan SerpApi – veb-maʼlumotlarni tahlil qilish xizmati orqali Google qidiruv tizimidan to‘plangan maʼlumotlardan foydalanmoqda. ChatGPT bu maʼlumotlardan yangiliklar, sport va moliya bozorlari kabi mavzularda onlayn javoblar yaratish uchun foydalanadi. Bu yo‘nalishlarda OpenAI‘ning o‘z vositalari raqobatchilaridan ortda qolmoqda.

Bu yangilik, ayniqsa Google‘ning bu masaladagi avvalgi nuqtai nazarini hisobga olsak, juda g‘alati tuyuladi. AQSH Adliya vazirligi bilan davom etayotgan monopoliyaga qarshi sud jarayonida oshkor qilingan hujjatlar shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan yili qidiruv giganti ChatGPT ishlash sifatini oshirish uchun OpenAI‘ning o‘z indeksiga kirish to‘g‘risidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rovini rad etgan. Biroq hozirda OpenAI ChatGPT uchun Google bulutli platformasi serverlarini ijaraga olmoqda. Buni ishbilarmonlik pragmatizmi raqobat qarama-qarshiligi tufayli yuzaga kelgan keskinlikni yengishga qodir ekanligining belgisi deb baholash mumkin.

Taʼkidlash joizki, SerpApi xizmati mijozlari ro‘yxati OpenAI bilan cheklanmaydi. Manbaning maʼlum qilishicha, Meta Platforms, Apple va Perplexity (qidiruv sohasida ChatGPT‘ning raqibi) kabi boshqa texnologiya gigantlari ham SerpApi‘dan foydalanadi. Aniq kelishmovchiliklarga qaramay, Google hali bu xizmatni to‘xtatish uchun qonuniy choralar ko‘rmadi. Ehtimol, bu soha regulyatorlarining qidiruv gigantiga bosimi bilan bog‘liq bo‘lib, natijada Google raqobatchilar uchun qidiruv indeksini ochishga majbur bo‘lishi mumkin.

OpenAI haqiqatan ham Google qidiruv tizimidan foydalanayotganga o‘xshaydi. Buni tekshirish uchun Google‘ning sobiq muhandisi Abhishek Ayer faqat Google qidiruv indeksida ko‘rinadigan bir nechta soxta veb-sahifalar yaratdi. Keyinroq u ChatGPTʼga avval yaratilgan sahifalardagi maʼlumotlar bilan bog‘liq savollar berdi. Bunga javoban ChatGPT aynan o‘sha sahifalardagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan javoblarni taqdim etdi. Bu Google qidiruv indeksining qismlarini OpenAI sunʼiy intellekt boti haqiqatan ham ishlatayotganini ko‘rsatadi.

Bu muhim, chunki Google qidiruv natijalarining yuqori qismida ko‘rsatiladigan foydalanuvchi so‘rovlariga qisqa javoblar kompaniyaning o‘z algoritmlari yordamida yaratiladi. Ko‘rinib turibdiki, OpenAIʼda o‘zining qidiruv roboti va Microsoft Bing qidiruv APIʼsi yordamida xuddi shunday sifatli javoblarni yaratish imkoniyati yo‘q, ayniqsa murakkab va chalkash so‘rovlarni qayta ishlashda bu sezilarli.

Haftalik foydalanuvchilar soni hozirda 700 million kishini tashkil etadigan ChatGPT tez surʼatlar bilan o‘sib borayotganiga qaramay, u ko‘lami jihatidan Googleʼdan ortda qolmoqda. Qidiruv giganti yiliga 5 trillionddan ortiq so‘rovlarni qayta ishlaydi va o‘sish surʼati yuqoriligicha qolmoqda. Shubhasiz, kelajakda kompaniyalar o‘rtasida onlayn qidiruv sohasidagi raqobat yana-da kuchayadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan