Google DeepMind rahbari Demis Hassabisning so‘zlariga ko‘ra, sunʼiy intellekt texnologiyalari dori-darmonlarni ishlab chiqish muddatini keskin qisqartirib, anʼanaviy bir necha yil o‘rniga bir necha oy ichida yakunlash imkonini beradi.

Hassabis bu texnologiya tibbiyotda yangi davr boshlashi va kasalliklarga qarshi kurashda ulkan imkoniyatlar yaratishi mumkinligini taʼkidladi.
Hozirda DeepMind jamoasi AlphaFold dasturining yana-da takomillashgan versiyasi ustida ishlamoqda. Yangi model nafaqat oqsillarning o‘zaro taʼsirini, balki biologiyaning boshqa muhim jihatlarini ham tahlil qilishga qodir bo‘ladi.
Shu bilan birga, hozircha sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan birorta preparat klinik sinovlarning yakuniy bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tmagan.