AQSH va Xitoy global texnologik ustunlik uchun kurashayotgan bir paytda, sunʼiy intellektni (SI) amalda joriy etishda kutilmagan davlatlar yetakchilik qilmoqda.

Microsoft hisobotiga ko‘ra, SI vositalaridan ishchi kuchining foydalanish darajasi bo‘yicha BAA va Singapur dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu mamlakatlarda mehnatga layoqatli aholining qariyb 60 foizi har oy SIdan foydalanadi, bu ko‘rsatkich aksariyat Yevropa davlatlarinikidan ancha yuqori.

Semafor nashrining taʼkidlashicha, AQSH ulkan iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, SIni amalda qo‘llash surʼati bo‘yicha baʼzi rivojlanayotgan davlatlardan ortda qolmoqda.

Hindistonga kelsak, u yerda foydalanish darajasi hozircha past, biroq yaqin yillarda bu sohada keskin o‘sish bashorat qilinmoqda. Taxminlarga ko‘ra, 2030 yilga kelib hindistonlik dasturchilar jamoasi soni bo‘yicha AQSHdagi hamkasblaridan o‘zib ketadi.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, bu jarayon AQSHning dasturiy taʼminot va sunʼiy intellekt sohasidagi ko‘p yillik texnologik gegemonligiga jiddiy xavf solmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan