Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Sun’iy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovatsiya” panel sessiyasida muhim yangilik e’lon qilindi. Muhokama ishtirokchilari qatorida bo‘lgan Google Cloudning hukumatlar bilan aloqalar va davlat siyosati bo‘yicha rahbari Marina Junich Google Gemini platformasi endi o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi.

Ushbu yangilik O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uchun zamonaviy AI yechimlaridan ona tilida foydalanish imkoniyatini yaratadi, deyiladi Raqamli texnologiyalar vazirligi xabarida.

Tadbirda shuningdek, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellekt sohasidagi global tendensiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari ham keng muhokama qilinmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan