Microsoft Research kompaniyasi hisoblash texnologiyalarida inqilob yasashi mumkin bo‘lgan yangilikni taqdim etdi: kremniy elektronlari o‘rniga yorug‘lik nurlarida ishlaydigan analog optik kompyuter (AOK) prototipi yaratildi. Ushbu texnologiya optimallashtirish va sunʼiy intellekt maʼlumotlarini qayta ishlash kabi murakkab vazifalarni zamonaviy protsessorlarga qaraganda ancha yuqori tezlik va energiya samaradorligi bilan hal qilishga mo‘ljallangan.

Image credit: microsoft.com

Raqamli kompyuterlar axborotni ikkilik kod (0 va 1) orqali qayta ishlasa, AOK hisoblashlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fizik tizimlarda, yaʼni yorug‘likning o‘zida amalga oshiradi. Bu zamonaviy mikrosxemalarning ishini sekinlashtiruvchi to‘siqlarni chetlab o‘tishga imkon beradi. Natijada, tezlikni nazariy jihatdan 100 barobargacha oshirish va energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.

Eʼtiborli jihati, prototip qimmatbaho emas, balki ommabop qismlardan — mikro-yorug‘lik diodlari, oddiy optik linzalar va smartfon kameralarida qo‘llaniladigan sensorlardan yig‘ilgan. Bu esa uning tannarxini pasaytiradi va kelajakda ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi.

Tizimning imkoniyatlarini keng miqyosda sinab ko‘rish uchun olimlar uning “raqamli egizagi”ni – AOKning apparat taʼminoti ishini to‘liq takrorlaydigan dasturiy versiyasini ham yaratdilar. Bu esa turli murakkab vazifalarni modellashtirish va olingan natijalarni boshqa tadqiqotchilar bilan osongina baham ko‘rish imkonini beradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan