Amerikada klinik biotexnologiya kompaniyasi ikki oyoqli odamsimon robotni dori ishlab chiqarish bo‘yicha avtomatlashtirilgan laboratoriya jarayonlariga joriy qildi.

AQShning Massachusets shtatidagi “Insilico Medicine” kompaniyasi sunʼiy intellekt (SI) yordamida ishlaydigan robotlashtirilgan laboratoriyaga birinchi ikki oyoqli odamsimon “Supervayzer” (nazoratchi) robotining joriy etilganini eʼlon qildi. Gumanoidning asosiy vazifasi – maʼlumotlarni yig‘ish va tahlil qilish.

Image credit: Insilico Medicine

“Supervayzer” allaqachon vazifalarni bajarishni boshladi: laboratoriya bo‘ylab ekskursiyalar o‘tkazishda ko‘maklashish, masofaviy ishtirok etish, laboratoriya jarayonlarini kuzatish va nazorat qilish. Kelajakda odamsimon robot dozalash, kimyoviy moddalar bilan ishlash va laboratoriya uskunalarini boshqarish kabi kundalik vazifalarni bajaradi.

“Insilico Medicine” asoschisi va bosh direktori Aleks Javoronkov zamonaviy laboratoriya uskunalarining aksariyati inson tomonidan boshqarish uchun mo‘ljallanganini taʼkidlaydi. Hatto avtomatlashtirilgan tizimlar ham xizmat ko‘rsatish va kimyoviy moddalarni almashtirish kabi aralashuvni talab qiladi. Odamsimon robotlar bu bo‘shliqni to‘ldirib, laboratoriyalarga ko‘proq avtomatlashtirishga erishish va ish jarayonlarini takomillashtirish imkonini beradi.

“Insilico Medicine” 2022 yildan beri yangi dorilar uchun maqsadlarni topish, tahlillarni kengaytirish va qarish jarayonini o‘rganishga texnologiya va jarayonlarni ishlab chiqish uchun to‘liq robotlashtirilgan “LifeStar1” laboratoriyasidan foydalanib kelmoqda. Kompaniyaning “LifeStar1” va “DORA” platformalari allaqachon SI yordamida saraton va qarish bo‘yicha to‘liq robotlashtirilgan tadqiqotlar uchun ishlatilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan