Shanxayda dinozavrlarga bag‘ishlangan yangi ko‘rgazma ochildi va u zamonaviy texnologiyalar yordamida tashrif buyuruvchilarga tarixdan oldingi davrga sayohat qilish imkonini bermoqda. Tadbirning eng diqqatga sazovor qismi — tomoshabinlarni hayratga solayotgan ulkan 3D-installyatsiyadir.

Ushbu installyatsiyada videomapping, yaʼni proyeksiya texnologiyasidan foydalanilgan. Bunda tasvirlar maxsus ekranga emas, balki bino devorlari va ulardagi turli obyektlarga yo‘naltiriladi. Natijada dinozavrlar xuddi tirikdek harakatlanayotgandek taassurot uyg‘onib, atrof-muhit jonlanadi.

Qizig‘i shundaki, bunday vizual sanʼatning ildizlari uzoq 1969 yilga, yaʼni Disneyland‘dagi mashhur «Arvohlar uyi» attraksioniga borib taqaladi. O‘shanda ilk bor oddiy bo‘lmagan sathlarga tasvirni proyeksiya qilish orqali harakat illyuziyasi yaratilgan edi. Yillar o‘tib, anʼanaviy kinoproyektorlar o‘rnini yuqori aniqlikdagi zamonaviy lazer texnologiyalari egalladi. Bu esa Shanxaydagi kabi hayratlanarli va haqqoniy manzaralarni yaratish imkonini bermoqda.

Mazkur ko‘rgazma qadimgi mavjudotlarga bo‘lgan qiziqishni ilm-fan va sanʼat uyg‘unligi orqali yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan