Jigar yog‘ kasalligi yillar davomida hech qanday alomatlarsiz rivojlanishi mumkin, shuning uchun keng tarqalgan bu kasallikni erta bosqichda aniqlash odatda juda qiyin. Yaponiyalik olimlar ko‘pincha tayinlanadigan ko‘krak qafasi rentgenografiyasi maʼlumotlaridan foydalanishga qaror qildi va oddiy va aniq tashxis qo‘yish uchun algoritm ishlab chiqdi.

Image credit: hightech.plus

Hozirgi kunda jigar yog‘ kasalligini aniqlash uchun shifokorlar UTT, KT va MRT hamda turli laboratoriya tekshiruvlarini tayinlaydilar. Bu uzoq davom etadigan va qimmatbaho jarayon bo‘lib, jigar kasalligi xavfi bo‘lgan bemorlar kamdan-kam hollarda uni to‘liq yakunlaydilar. Osaka universiteti jamoasi esa kasallik belgilarini baholash uchun ko‘krak qafasi rentgeni maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatini o‘rganib, yechim taklif qildi.

«Rentgen arzon va qulay, uni ko‘pincha odamlarga tavsiya qilishadi. Shuning uchun biz ko‘krak qafasi tasvirlari orqali jigar kasalligini tashxislash uchun sunʼiy intellekt yaratdik,» – deb taʼkidlashdi olimlar.

Algoritm deyarli 4,5 ming sog‘lom odam va jigarning noalkogol yog‘ kasalligi (JNAYOK) bilan og‘rigan bemorlar maʼlumotlari asosida o‘qitildi. O‘qitish uchun jami 6,5 mingga yaqin rentgen tasviridan foydalanildi. Hozirgi paytda diagnostika aniqligi 77 foizni tashkil etmoqda.

Hozirda mualliflar aniqlikni oshirish ustida ishlashni davom ettirmoqda va yaqin kelajakda ularning texnologiyasini klinik amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lishiga umid qilmoqdalar. Istiqbolda jigar yog‘ kasalligini aniqlash birinchi bosqichda shifokor ishtirokisiz ham amalga oshirilishi mumkin.

Yaqinda o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqotda olimlar jigar yog‘ kasalligi o‘lim xavfini ikki baravarga oshirishini aniqladilar. Shu sababli va JNAYOKning keng tarqalganligi tufayli, erta tashxis qo‘yish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan