Olimlar robototexnika sohasida inqilobiy o‘zgarish yasashi mumkin bo‘lgan HDMI (HumanoiD iMitation for Interaction) texnologiyasini taqdim etdi. Ushbu texnologiya gumanoid robotlarga insonlarning kundalik harakatlarini oddiy videoyozuvlarni kuzatish orqali o‘rganish imkonini beradi.

Bu tizimning o‘ziga xosligi shundaki, u oldindan dasturlangan simulyatsiyalar o‘rniga real hayotdagi videolarni tahlil qiladi. Maxsus texnologiyalar yordamida videodagi inson tanasining holati va buyumlarning harakati aniqlanib, «kuchaytirilgan o‘qitish» (Reinforcement Learning) metodi orqali robotga obyektlar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish ko‘nikmasi singdiriladi.

Mazkur yondashuvning amaliy samaradorligi tajribada yaqqol namoyon bo‘ldi: HDMI orqali o‘qitilgan robot eshikdan o‘tish vazifasini 67 marta ketma-ket muvaffaqiyatli bajarib, murakkab harakatlarni yuqori aniqlik va barqarorlik bilan takrorlay olishini isbotladi.

Mutaxassislarning fikricha, bunday yuqori natijalar robotlarning kundalik turmushdagi vazifalarga tez moslashishi uchun zamin yaratadi. Shu sababli HDMI texnologiyasi kelajakda robotlarni nafaqat ishlab chiqarishda, balki uy sharoitida ham ishonchli yordamchiga aylantirib, inson va robot hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan