“Yandeks Taʼlim” YandexGPT modeliga asoslangan bepul taʼlim vositalarini joriy etmoqda. Bu vositalar o‘qituvchi va murabbiylarga o‘quv materiallarini tayyorlash, talabalar bilimini tezroq baholash va talabalarning ishlarni yozishda sunʼiy intellektdan foydalanganligini tekshirishda yordam beradi. AT-kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu vositalar “Yandeks”ning taʼlim sohasidagi sunʼiy intellekt yechimlari qatorini to‘ldiradi.

Image credit: habr.com

Birinchi vosita – “Neyrokvizlar”. U bir necha daqiqada nazorat testlarini yaratish imkonini beradi. Platformaga o‘quv materiallarini yuklashning o‘zi kifoya bo‘lib, sunʼiy intellekt savol va javob variantlarini, jumladan to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarni yaratadi.

Ikkinchi vosita – “Neyroaniqlagich”. U “Yandeks Taʼlim”da insho, referat va boshqa yozma ishlarni tekshirish uchun ishlab chiqilgan. “Neyroaniqlagich” matnni tahlil qilib, uning o‘zig xoslik darajasini aniqlaydi, yaʼni u inson tomonidan yozilganmi yoki sunʼiy intellekt “yordam berganmi?”.

Vosita sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarni ajratib ko‘rsatadi. Shuningdek, “Neyroaniqlagich” topshiriqlarni bajarishda sunʼiy intellektga haddan tashqari tayanadigan talabalarni aniqlashga yordam beradi. Bunda vosita xulosalari faqat o‘qituvchi uchun tavsiya sifatida xizmat qilib, alohida eʼtibor talab qiladigan ishlarni ko‘rsatadi. Har ikkala sunʼiy intellekt yordamchisi ham “Yandeks Taʼlim” veb-saytidagi shaxsiy kabinetda mavjud.

Uchinchi vosita – “Yandeks Darslik”dagi informatika o‘qituvchilari uchun sunʼiy intellekt yordamchisi. U dars rejasini tuzishga va har bir o‘quvchi uchun turli murakkablik darajasidagi individual amaliy topshiriqlarni tanlashga yordam beradi. Xizmat o‘qituvchiga atamalar va mavhum tushunchalarni o‘quvchilarga yangi mavzuni osonroq o‘zlashtirishlari uchun oddiy so‘zlar bilan qanday tushuntirishni ko‘rsatadi. Shuningdek, sunʼiy intellekt yordamchisi uy vazifalarini tekshirishda ham foydali: u o‘quvchi kodini tahlil qiladi, xatolarni ko‘rsatadi va yechimni tushuntiradi. Sunʼiy intellekt yordamchisi bilan muloqot qilish vositasi va tayyor so‘rovlar o‘qituvchining shaxsiy kabineti chatida mavjud.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan