OpenAI sunʼiy intellekt bilan ishlashni o‘rgatuvchi “OpenAI akademiyasi”ni ishga tushirdi.

Image credit: openai.com

Bu platforma neyron tarmoqlarni amaliyotda o‘zlashtirishga, ularning imkoniyatlarini anglash hamda kundalik hayot va ish faoliyatida ChatGPT va Sora kabi dasturlardan samarali foydalanishni o‘rganishga yordam beradi.

Kursning o‘ziga xosligi:

–          o‘quv materiallarining katta to‘plami alohida veb-saytda joylashtirilgan;

–          jonli efirlar va oflayn tadbirlar texnologiyalarni chuqurroq tushunishga ko‘maklashadi;

–          bepul foydalanish imkoniyati.

Dastur texnik mutaxassislardan tortib siyosatchilar, tadbirkorlar va ilmiy hamjamiyat vakillarigacha bo‘lgan keng doiradagi tinglovchilarga mo‘ljallangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan