Albaniya davlat boshqaruvida tarixiy qadam tashladi: mamlakatda dunyodagi birinchi sunʼiy intellekt vazir — “Diella” ish boshladi. Bosh vazir Edi Ramaning maʼlum qilishicha, albanchada “quyosh” maʼnosini anglatuvchi bu virtual vazir davlat xaridlari tizimini boshqaradi va korrupsiyaga qarshi kurashda asosiy vositaga aylanadi.

Image credit: omorrss.ru

Diella — inson emas, balki anʼanaviy alban libosidagi yosh ayol qiyofasidagi raqamli avatardir. Uning asosiy vazifasi — davlat tenderlari bo‘yicha qarorlarni inson omilisiz, faqat maʼlumotlarga tayanib qabul qilish. “Bu ilmiy fantastika emas. Diella davlat mablag‘larini 100 foiz shaffof va toza tender jarayoni orqali yo‘naltiradi”, — deya taʼkidladi Edi Rama.

Aslida, Diella Albaniya fuqarolariga allaqachon tanish: u shu paytgacha elektron davlat xizmatlarini birlashtiruvchi e-Albania platformasini boshqarib kelgan. Endi uning vakolatlari kengayib, tenderlarni baholash, mahalliy va xalqaro isteʼdodlarni jalb qilish hamda davlat boshqaruvidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish kabi muhim yo‘nalishlarni ham qamrab oladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan