Xabaringiz bor, ChatGPT‘ning o1 Pro premium versiyasi oyiga 200 dollarlik obuna bilan ishga tushirilgan edi – bu 20 dollarlik standart tarif rejasiga nisbatan sezilarli o‘sish hisoblanadi. OpenAI bosh direktori Sem Altmanning aytishicha, o1 Pro dunyodagi eng aqlli model bo‘lib, murakkab vazifalarni yechish uchun mo‘ljallangan.

Model matematik “musobaqalar”, dasturlash testlari va ilmiy tadqiqotlarda oldingi versiyalarga qaraganda yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda. OpenAI o3‘ga o‘tgan bo‘lsa-da, ushbu yangi model faqat mini-versiyasidan tashqari hali mavjud emas.
API narxlari bilan solishtirganda, o1 Pro‘ga nisbatan GPT-4.5 tejamkor ko‘rinadi: kirish narxi million token uchun 150 dollar, chiqish esa 600 dollarni tashkil etadi. GPT-4.5 mos ravishda 75 va 150 dollar, standart o1 esa 15 va 60 dollar turadi.
OpenAI o‘z xizmatini asosan tadqiqotchilar, muhandislar va professional foydalanuvchilar uchun taklif etmoqda. o1 debyutidan beri bir nechta raqobatdosh “mulohaza yurituvchi” modellar paydo bo‘ldi, jumladan Claude 3.7 “Thinking” va Grok 3 “Thing”.
Shunday bo‘lsa-da, o1 sunʼiy intellektga ixtisoslashgan kompaniyalar reytingida uchinchi o‘rinni egallab kelmoqda. o1 Pro‘ning asosiy afzalligi uning yuqori hisoblash quvvati bo‘lib, bu yana-da ishonchli va aniq natijalarni taʼminlaydi. Ushbu imkoniyat uni maʼlum foydalanish holatlari uchun eng maqbul tanlovga aylantirishi mumkin, chunki hozirda unga teng keladigan takliflar mavjud emas.