Politico nashrining xabar berishicha, Niderlandiya Maʼlumotlarni himoya qilish idorasi yaqinlashib kelayotgan umummilliy saylovlar oldidan fuqarolarni ovoz berish bo‘yicha tavsiya olish uchun sunʼiy intellektli chatbotlardan foydalanmaslikka qatʼiy chaqirdi.

Image credit: politico.eu

Idora raisi o‘rinbosari Monik Verdierning taʼkidlashicha, chatbotlarning ishlash jarayonida shaffoflik va tekshiruv mexanizmlari mavjud emas. Shu sababli, ularning siyosiy tavsiyalariga ishonish xavfli hisoblanadi. Verdier, shuningdek, sunʼiy intellekt ishlab chiqaruvchilarini o‘z tizimlaridan saylovga oid maslahat berish maqsadida foydalanishning oldini olishga chaqirdi.

Maʼlumotlarni himoya qilish organi bu borada ChatGPT (OpenAI), Gemini (Google), Grok (Ilon Mask) va Le Chat (Fransiyaning Mistral AI) kabi yetakchi chatbotlarda tajriba o‘tkazgan. Tajribada ushbu tizimlarning turli siyosiy partiyalar haqidagi savollarga qanday javob qaytarishi tahlil qilindi.

Natijalarga ko‘ra, barcha to‘rt chatbot asosan o‘ta so‘l yoki o‘ta o‘ng qarashdagi siyosiy harakatlarni tavsiya etgan, markazchi partiyalar esa deyarli eʼtibordan chetda qolgan. Shu bois, idora saylovchilarni axborot manbalarini tanlashda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga va faqat rasmiy manbalarga tayanishga undadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan