Microsoft kompaniyasining Sunʼiy intellekt iqtisodiyoti instituti tomonidan 2026 yil boshida eʼlon qilingan «2025 yilda sunʼiy intellektning global joriy etilishi» nomli hisoboti jahon texnologiya maydonida kutilmagan va tarixiy burilishlar ro‘y berayotganini ko‘rsatdi. Ushbu tahlil sunʼiy intellekt (SI) endilikda faqatgina maʼlum bir elita qatlam yoki faqat g‘arb davlatlariga xos texnologiya emas, balki kundalik hayotning, taʼlim va mehnat faoliyatining ajralmas qismiga aylanib ulgurganini tasdiqlaydi. Biroq, hisobotdagi eng hayratlanarli jihat shundaki, texnologiya olamida uzoq yillar davomida hukmronlik qilgan «faqat AQSH va Yevropa ilg‘or» degan eskirgan paradigma butunlay sindirildi; bugungi kunda sunʼiy intellektni joriy etish poygasida anʼanaviy G‘arb davlatlari emas, balki Osiyo va Yaqin Sharq vakillari yetakchilik qilmoqda.

Dunyodagi kuchlar muvozanati o‘zgarganining yorqin dalili sifatida Birlashgan Arab Amirliklari (64,0%) va Singapurning (60,9%) sunʼiy intellektni joriy etish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylanganini keltirish mumkin. Bu davlatlar nafaqat o‘z mintaqalarida, balki global miqyosda ham yangi standartlarni o‘rnatmoqdalar. Aksincha, texnologiya va infratuzilma bo‘yicha dunyodagi eng qudratli davlat sanalgan AQSH ushbu reytingda 28,3 foizlik ko‘rsatkich bilan atigi 24-o‘ringa tushib qolgan. Bu holat shundan dalolat beradiki, mamlakatning texnologik qudrati faqatgina infratuzilmaning mavjudligi bilan emas, balki davlat siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani va jamiyatning yangiliklarni qabul qilishga bo‘lgan intilishi bilan belgilanadi. Yevropaning yetakchi davlatlari bo‘lgan Norvegiya, Irlandiya, Fransiya va Ispaniya kuchli o‘nlikka kirgan bo‘lsa-da, asosiy drayverlar endi G‘arbdan tashqarida shakllanmoqda.

Bunday o‘zgarishlar nafaqat kichik va boy davlatlarda, balki boshqa Osiyo mamlakatlarida ham kuzatilmoqda. Masalan, Janubiy Koreya qisqa vaqt ichida o‘z ko‘rsatkichlarini 25,9 foizdan 30,7 foizga oshirib, 25-o‘rindan 18-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ularning muvaffaqiyati siri – milliy tildagi modellarni rivojlantirish va mahalliy madaniyatga moslashgan (masalan, Studio Ghibli uslubidagi) funksiyalarni joriy etish orqali aholining qiziqishini orttirishdadir. Bu tajriba shuni ko‘rsatadiki, sunʼiy intellektdan samarali foydalanish uchun albatta «Silikon vodiysi»ga ega bo‘lish shart emas; to‘g‘ri strategiya va milliy yondashuv orqali har qanday davlat, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar ham yuqori natijalarga erishishi mumkin.
Albatta, global miqyosda raqamli tafovut saqlanib qolmoqda va hatto kengaymoqda. Global Shimol mamlakatlarida SIdan foydalanish darajasi 24,7 foizga yetgan bir paytda, Global Janubda bu ko‘rsatkich 14,1 foizni tashkil etmoqda. Biroq, bu tafovutni qisqartirish uchun yangi umid uchqunlari paydo bo‘ldi. DeepSeek kabi ochiq manba kodiga (Open Source) asoslangan platformalarning paydo bo‘lishi geosiyosiy cheklovlarni chetlab o‘tib, texnologiyaga kirish imkoniyati cheklangan hududlar – Xitoy, Rossiya, Afrika va boshqa rivojlanayotgan bozorlarda sunʼiy intellektning ommalashuviga xizmat qilmoqda.

Bunday ochiq platformalar qimmatli G‘arb texnologiyalariga muqobil sifatida maydonga chiqib, «keyingi milliard» foydalanuvchilar uchun eshiklarni ochmoqda va texnologik monopoliyaga barham berish imkoniyatini yaratmoqda.
Ushbu global o‘zgarishlar fonida Markaziy Osiyo va xususan O‘zbekistonning o‘rni qanday? Afsuski, mintaqamiz hozircha global tendensiyalardan orqada qolmoqda. Hisobotda keltirilishicha, O‘zbekistonda sunʼiy intellektni joriy etish darajasi 2025 yil davomida atigi 0,6 foizga o‘sib, 6,3 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich nafaqat global o‘rtacha (16,3%), balki Global Janub o‘rtacha ko‘rsatkichidan (14,1%) ham ancha pastdir. Qo‘shni Qozog‘istonda bu raqam 13,7 foizni tashkil etib, O‘zbekistondan ikki barobar yuqori natija qayd etilgan bo‘lsa, Qirg‘iziston (8,2%), Tojikiston va Turkmaniston (5,6%) ham sekin-asta oldinga siljimoqda . O‘zbekistonning mintaqadagi eng past ko‘rsatkichlardan birini qayd etishi jiddiy signal bo‘lishi kerak, chunki bu raqamli iqtisodiyotda ortda qolish xavfini tug‘diradi.
AI Diffusion Data Source
| Economy | H1 2025 AI Diffusion | H2 2025 AI Diffusion | Change |
|---|---|---|---|
| United Arab Emirates | 59.4% | 64.0% | 4.5% |
| Singapore | 58.6% | 60.9% | 2.3% |
| Norway | 45.3% | 46.4% | 1.1% |
| Ireland | 41.7% | 44.6% | 2.9% |
| France | 40.9% | 44.0% | 3.1% |
| Spain | 39.7% | 41.8% | 2.1% |
| New Zealand | 37.6% | 40.5% | 2.9% |
| Netherlands | 36.3% | 38.9% | 2.6% |
| United Kingdom | 36.4% | 38.9% | 2.5% |
| Qatar | 35.7% | 38.3% | 2.6% |
| Australia | 34.5% | 36.9% | 2.4% |
| Israel | 33.9% | 36.1% | 2.2% |
| Belgium | 33.5% | 36.0% | 2.5% |
| Canada | 33.5% | 35.0% | 1.5% |
| Switzerland | 32.4% | 34.8% | 2.5% |
| Sweden | 31.2% | 33.3% | 2.2% |
| Austria | 29.1% | 31.4% | 2.2% |
| South Korea | 25.9% | 30.7% | 4.8% |
| Hungary | 27.9% | 29.8% | 1.9% |
| Denmark | 26.6% | 28.7% | 2.1% |
| Germany | 26.5% | 28.6% | 2.1% |
| Poland | 26.4% | 28.5% | 2.1% |
| Taiwan | 26.4% | 28.4% | 2.0% |
| United States | 26.3% | 28.3% | 2.1% |
| Czechia | 26.0% | 27.8% | 1.8% |
| Italy | 25.8% | 27.8% | 2.0% |
| Bulgaria | 25.4% | 27.3% | 1.9% |
| Finland | 25.6% | 27.3% | 1.7% |
| Jordan | 25.4% | 27.0% | 1.6% |
| Costa Rica | 25.1% | 26.5% | 1.4% |
| Slovenia | 24.6% | 26.5% | 2.0% |
| Saudi Arabia | 23.7% | 26.2% | 2.5% |
| Lebanon | 24.8% | 25.7% | 0.9% |
| Oman | 22.6% | 24.2% | 1.6% |
| Portugal | 22.4% | 24.2% | 1.8% |
| Slovakia | 22.1% | 23.8% | 1.7% |
| Croatia | 21.8% | 23.7% | 1.9% |
| Vietnam | 21.2% | 23.5% | 2.3% |
| Dominican Republic | 22.0% | 22.7% | 0.8% |
| Uruguay | 20.9% | 22.5% | 1.6% |
| Lithuania | 21.0% | 22.4% | 1.3% |
| Jamaica | 22.2% | 22.1% | -0.1% |
| Colombia | 20.4% | 22.0% | 1.6% |
| Panama | 20.3% | 21.5% | 1.2% |
| Serbia | 19.7% | 21.5% | 1.8% |
| South Africa | 19.3% | 21.1% | 1.8% |
| Chile | 19.6% | 20.8% | 1.2% |
| Malaysia | 18.3% | 19.7% | 1.4% |
| Argentina | 17.8% | 19.6% | 1.8% |
| Bosnia And Herzegovina | 18.2% | 19.5% | 1.3% |
| Kuwait | 17.7% | 19.1% | 1.4% |
| Greece | 17.7% | 19.1% | 1.4% |
| Japan | 16.7% | 19.1% | 2.4% |
| Philippines | 17.1% | 18.3% | 1.2% |
| Georgia | 17.3% | 18.2% | 0.9% |
| Mexico | 16.7% | 17.8% | 1.1% |
| Ecuador | 17.0% | 17.7% | 0.8% |
| Brazil | 15.6% | 17.1% | 1.5% |
| Moldova | 16.6% | 17.0% | 0.4% |
| Albania | 15.8% | 16.5% | 0.7% |
| China | 15.4% | 16.3% | 0.9% |
| Romania | 15.3% | 16.2% | 0.9% |
| El Salvador | 14.6% | 16.2% | 1.6% |
| India | 14.2% | 15.7% | 1.4% |
| Azerbaijan | 14.2% | 15.5% | 1.3% |
| Guatemala | 13.7% | 14.8% | 1.1% |
| Peru | 13.4% | 14.7% | 1.2% |
| Türkiye | 13.4% | 14.6% | 1.2% |
| Mongolia | 12.6% | 14.3% | 1.7% |
| Namibia | 13.0% | 13.8% | 0.9% |
| Libya | 12.7% | 13.7% | 1.1% |
| Kazakhstan | 12.7% | 13.7% | 1.1% |
| Botswana | 12.8% | 13.7% | 0.9% |
| Gabon | 12.3% | 13.4% | 1.1% |
| Economy | H1 2025 AI Diffusion | H2 2025 AI Diffusion | Change |
|---|---|---|---|
| Egypt | 12.5% | 13.4% | 0.9% |
| Honduras | 12.4% | 13.1% | 0.7% |
| Nepal | 12.3% | 13.0% | 0.8% |
| Senegal | 12.4% | 12.9% | 0.5% |
| Indonesia | 11.7% | 12.7% | 1.1% |
| Tunisia | 12.3% | 12.7% | 0.4% |
| Zambia | 11.7% | 12.3% | 0.5% |
| Algeria | 11.3% | 12.0% | 0.8% |
| Cote D’Ivoire | 10.8% | 11.7% | 0.8% |
| Bolivia | 10.9% | 11.6% | 0.7% |
| Iraq | 10.3% | 11.2% | 0.9% |
| Paraguay | 10.1% | 11.0% | 0.9% |
| Morocco | 10.5% | 10.9% | 0.3% |
| Gambia | 10.6% | 10.9% | 0.2% |
| Thailand | 9.1% | 10.7% | 1.6% |
| Nicaragua | 10.0% | 10.7% | 0.7% |
| Iran | 9.6% | 10.7% | 1.1% |
| Pakistan | 9.7% | 10.3% | 0.7% |
| Angola | 8.9% | 9.7% | 0.8% |
| Madagascar | 8.9% | 9.7% | 0.8% |
| Malawi | 8.9% | 9.7% | 0.8% |
| Mozamb-ique | 8.9% | 9.7% | 0.8% |
| Benin | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Burkina Faso | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Ghana | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Guinea | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Guinea-Bissau | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Liberia | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Mali | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Mauritania | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Niger | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Nigeria | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Sierra Leone | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Togo | 8.7% | 9.3% | 0.6% |
| Lesotho | 8.8% | 9.1% | 0.4% |
| Myanmar | 8.4% | 9.1% | 0.7% |
| Ukraine | 9.1% | 9.0% | -0.1% |
| French Guiana | 8.3% | 9.0% | 0.7% |
| Guyana | 8.3% | 9.0% | 0.7% |
| Suriname | 8.3% | 9.0% | 0.7% |
| Venezuela | 8.3% | 9.0% | 0.7% |
| Belarus | 7.6% | 8.4% | 0.8% |
| Kyrgyzstan | 7.6% | 8.2% | 0.7% |
| Kenya | 7.8% | 8.1% | 0.3% |
| Russia | 7.6% | 8.0% | 0.4% |
| Cameroon | 7.0% | 7.8% | 0.7% |
| Central African Republic | 7.0% | 7.8% | 0.7% |
| Chad | 7.0% | 7.8% | 0.7% |
| Congo | 7.0% | 7.8% | 0.7% |
| Congo (DRC) | 7.0% | 7.8% | 0.7% |
| Haiti | 7.1% | 7.6% | 0.5% |
| Zimbabwe | 6.9% | 7.6% | 0.6% |
| Papua New Guinea | 7.2% | 7.3% | 0.2% |
| Syria | 6.7% | 7.1% | 0.4% |
| Bangladesh | 6.5% | 7.1% | 0.6% |
| Burundi | 6.4% | 6.8% | 0.4% |
| Eritrea | 6.4% | 6.8% | 0.4% |
| Ethiopia | 6.4% | 6.8% | 0.4% |
| Somalia | 6.4% | 6.8% | 0.4% |
| South Sudan | 6.4% | 6.8% | 0.4% |
| Sudan | 6.4% | 6.8% | 0.4% |
| Tanzania | 6.4% | 6.8% | 0.4% |
| Uganda | 6.4% | 6.8% | 0.4% |
| Laos | 6.0% | 6.7% | 0.8% |
| Armenia | 6.2% | 6.6% | 0.4% |
| Sri Lanka | 6.2% | 6.6% | 0.4% |
| Uzbekistan | 5.7% | 6.3% | 0.6% |
| Rwanda | 6.0% | 6.3% | 0.2% |
| Cuba | 5.7% | 6.1% | 0.4% |
| Afghanistan | 5.1% | 5.6% | 0.4% |
| Tajikistan | 5.1% | 5.6% | 0.4% |
| Turkmenist-an | 5.1% | 5.6% | 0.4% |
| Cambodia | 4.6% | 5.1% | 0.5% |
Biroq, BAA va Singapur misoli shuni ko‘rsatadiki, hozirgi past ko‘rsatkich – bu hukm emas, balki harakatga undovchi imkoniyatdir. Agar O‘zbekiston ham infratuzilma va internet sifatini yaxshilashga eʼtibor qaratib, arzon va ochiq texnologiyalardan unumli foydalansa, qisqa vaqt ichida yo‘qotilgan pozitsiyalarni tiklashi mumkin. Taʼlim, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida sunʼiy intellektni joriy etish uchun qimmat G‘arb litsenziyalarini kutib o‘tirish shart emas. Dunyo tajribasi isbotladiki, texnologik taraqqiyot endi faqat tanlangan davlatlarning imtiyozi emas; to‘g‘ri strategiya va siyosiy iroda bo‘lsa, O‘zbekiston ham raqamli tafovutni nafaqat qisqartirishi, balki kelajak iqtisodiyotining faol ishtirokchisiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega.