Google sunʼiy intellektning atrof-muhitga taʼsiri haqida birinchi bo‘lib aniq raqamlar eʼlon qildi. Kompaniyaning maʼlumotlariga ko‘ra, o‘rtacha birta Gemini so‘rovi 0,24 vatt-soat energiya va taxminan besh tomchi suv sarflaydi. Bu ko‘rsatkich taqqoslash uchun oddiy televizor ko‘rishning to‘qqiz soniyasiga teng.

Image credit: hightech.fm

Bundan oldin bu mavzuda faqat OpenAI rahbari Sem Altman fikr bildirgan edi: u ChatGPT‘ning bitta so‘rovi taxminan 0,34 vatt-soat energiya talab qilishini aytgan. Biroq Google anʼanaviy hisob-kitob usullaridan farqli ravishda protsessorlardan tortib sovutish tizimlarigacha bo‘lgan barcha elementlarni hisobga olgan uslubini joriy qildi. Shu tufayli anʼanaviy usulda ko‘rsatilgan 0,10 vatt-soat va 0,12 millilitr suv sarfi bilan solishtirganda, yangi hisoblar ikki baravar yuqoriroq chiqdi. Kompaniya buni “realistik va ishonchli” deb baholamoqda.

Googlening hisob-kitobiga ko‘ra, Gemini‘ning bitta so‘rovi 0,03 gramm uglerod chiqindisiga ham sabab bo‘ladi. Ammo so‘nggi 12 oy ichida bu ko‘rsatkich sezilarli darajada kamaygan: energiya izi 33 baravar, uglerod izi esa 44 baravar qisqargan. Bu vaqt mobaynida modelning javob sifati ham sezilarli yaxshilangan.

Kompaniyaning taʼkidlashicha, samaradorlikni oshirish turli yondashuvlar bilan taʼminlanmoqda: protsessor unumdorligini maksimal darajada ishlatish, modellarni distillyatsiya qilish, gibrid algoritmlar va “spekulyativ dekodlash” kabi usullar orqali ko‘proq so‘rovlarni kam sonli qurilmalarda qayta ishlash mumkin bo‘ldi.

Natijada, Google sunʼiy intellektdan foydalanish ekologik izini pasaytirish va texnologik samaradorlikni oshirishda muhim qadam qo‘yganini ko‘rsatmoqda. Bu esa SI industriyasida yana-da shaffoflik va javobgarlik yo‘nalishidagi yangi bosqich sifatida baholanmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan