«Writer» korporativ generativ sun’iy intellekt platformasining yangi ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy intellektni qabul qilish aksariyat kompaniyalarga osonlikcha kechayotgani yo‘q.

Image credit: markovate.com

Buning asosiy sabablari avtomatlashtirish qo‘rquvi, algoritmlar axloqiga ishonchsizlik va korporativ vositalarning sifatsizligidir. Tadqiqot rahbariyat va oddiy xodimlar o‘rtasidagi farqni aniqladi: xodimlarning 49 foizi sunʼiy intellektni mustaqil o‘rganmoqda, 35 foizi esa korporativ maʼlumotlar xavfsizligini xatarga qo‘yib, tashqi xizmatlarni o‘zboshimchalik bilan sotib olmoqda.

Writer kompaniyasi tahlilchisi Kevin Chang fikriga ko‘ra, sunʼiy intellektni joriy etish muvaffaqiyati shaffoflik, taʼlim va hamkasblarini ilhomlantiruvchi “sunʼiy intellekt fidoyilari”ni jalb qilishga bog‘liq. Kevin xulosa qilib, o‘z fikrini shunday yakunlaydi: “Odamlarsiz hatto eng ilg‘or texnologiyalar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi”.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan