Instagram asoschilaridan birining taʼkidlashicha, dasturiy taʼminot muhandislari o‘z kasblari keyingi uch yilda tubdan o‘zgarishiga tayyor bo‘lishlari kerak.
Hozirda Anthropic kompaniyasining mahsulot bo‘yicha direktori lavozimida ishlayotgan Mayk Kriger yaqinda bergan intervyusida dasturchilar o‘zlari kod yozishdan ko‘ra, sunʼiy intellekt (SI) tomonidan yaratilgan kodni tekshirishga ko‘proq vaqt sarflashlarini bashorat qildi.

“Qanday qilib biz kod yozuvchilaridan modellarga topshiriq beruvchi va yozilgan dasturlarni tekshiruvchilarga aylanishimiz mumkin?” – deb savol bermoqda Kriger intervyu davomida.
Krigerning fikricha, kodlash jarayonining o‘zi tobora sunʼiy intellekt bilan bog‘liq bo‘lib borar ekan, dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilari SI modellari uddalay olmaydigan nozik vazifalarni bajaradilar va tizimlarni samarali boshqarishni o‘rganadilar.
“Menimcha, ish uch yildan keyin shunday ko‘rinishda bo‘ladi”, deydi Kriger. “To‘g‘ri g‘oyalarni ilgari surish, foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarning to‘g‘ri shaklini yaratish, ishni to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganish va keyin natijalarni keng miqyosda tahlil qilish – bu, ehtimol, statik tahlilni qaytarish yoki sunʼiy intellektga asoslangan tahlil vositalarining kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin”.
Baʼzi yirik texnologik kompaniyalarda dasturiy taʼminot ishlab chiqish jarayoni allaqachon sezilarli o‘zgarishlarga uchradi.
Oktyabr oyida Google bosh direktori Sundar Pichay kompaniyadagi yangi dasturlarning chorak qismidan ko‘prog‘i allaqachon SI tomonidan yaratilayotganini maʼlum qildi. Krigerning so‘zlariga ko‘ra, u SI yordamida baʼzi kodlarni o‘zi yozishdan tashqari, Anthropic kompaniyasida yil boshida mahsulot ishlab chiqish jarayonining qaysi qismlari “klodlashtirilgan” (Claude-ified) va qaysilari insonlarga qoldirilganini aniqlash bilan shug‘ullangan.
“Muvofiqlikni taʼminlash va nima yaratishni aniqlash hali ham eng qiyin qism, shunday emasmi”, dedi Kriger. “Bu aslida hammani xonada to‘plab, barcha ijobiy va salbiy tomonlarni muhokama qilish orqali hal qilish mumkin bo‘lgan yagona muammodek yoki chiqib ketib, Figma‘da o‘rganib, keyin qaytib kelish kerakdek tuyuladi”.
Garchi sunʼiy intellekt ishlab chiqarish jarayonining maʼlum bosqichlarini tezlashtirishi mumkin bo‘lsa-da, Kriger dasturchilarga butunlay ehtiyoj yo‘qoladi, deb o‘ylamaydi.
Ha, demak xavotirga o‘rin yo‘q. Dasturni tekshirib joriy qilish ham muhim ishlardan va inson omili bunda hal qiluvchi, hozircha, albatta.