“Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sunʼiy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda”
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 21 oktyabr kuni davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.